O’zaro hamkorlik bo’yicha kelishildi
2025-02-14 09:20:00 / Yangiliklar

Samimiy muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda UNFPAning 2025-2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan dasturi muhokama qilindi.
Aholining demografik o‘zgarishi, mamlakat dasturining strategik ustuvor yo‘nalishlari, gender tenglik va ijtimoiy normalar, xizmatlar sifatiga kompleks yondashuv yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha fikrlashildi.
Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi:
Gender zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish, aholining xabardorlik darajasini oshirish bo‘yicha kampaniyalar tashkil etish va gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga ko‘maklashish;
Gender tengligi va o‘zaro hurmatni ilgari surish hamda reproduktiv salomatlik xizmatlariga bo‘lgan talab va xabardorlik darajasini oshirish orqali oilani ongli ravishda rejalashtirishni targ‘ib qiluvchi dasturlarni takomillashtirish;
To‘ydan oldin maslahat xizmatlarini kuchaytirish kabilar.