Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom dunyosi Madaniyat vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
2025-02-13 09:30:00 / Yangiliklar

Shuningdek, ICESCOning nafaqat ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi ulkan loyihalari, balki ekologiya, sun’iy intellekt hamda zamonaviy texnologiyalar sohasida ham ilg‘or tashabbuslarni ilgari surayotganini e’tirof etdi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston tomoni quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
ICESCOga a’zo davlatlarning madaniyat vazirlarini O‘zbekistonga tashrif buyurishga va amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishishga taklif etish.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida islomiy qo‘lyozmalarni o‘rganish va saqlashga ko‘maklashish maqsadida ICESCOning mintaqaviy markazini ochish.
ICESCO shtab-kvartirasida o‘zbek olimlarining ilmiy merosiga bag‘ishlangan islom dunyosi olimlari konferensiyasini tashkil etish.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov so‘z yakunida konferensiya tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, ICESCO Madaniyat vazirlari kengashining 13-sessiyasiga muvaffaqiyat tiladi.