Forum doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi
2023-11-14 17:00:00 / Yangiliklar
Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlar ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.