Qoraqalpog‘istonda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o'tkazildi
2023-10-23 16:05:00 / Yangiliklar
Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
2021 yilda maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’lim va begovel haydash texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini berdi.
1-loyiha: 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobog‘da birinchi bolalar velomarafoni bo‘lib o‘tdi, unda 13 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’mindi.
2-loyiha: 2022 yilda 31 may kuni Samarqand shahrida loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi.
3-loyiha: 2023 yilning 31 may kuni loyiha doirasida Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar bilan ta’minlandi.
4-loyiha: Loyihaning navbatdagi to‘rtinchi bosqichi, ya’ni 2023 yilning 23 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida rejalashtirilib, Nukus shahridagi 20 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 400 ta begovellar bilan ta’minlandi.
Umumiy hisobda 4 ta loyiha doirasida jami 1 800 ta begovel Toshkent shahar, Samarqand shahar, Xiva shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga taqdim etilgan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida bosqichma-bosqich keyingi yillarda hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ӯzbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ӯzbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ӯrtasida tuzilgan to‘rt tomonlama kelishuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish va bolalarni yugurish yo‘laklarida begovel haydash usuli bo‘yicha loyiha mana 3 yildirki 4 marotaba doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.