audio

    16+
    Germaniya Federal Taʼlim va tadqiqot vazirligi bilan kelishuv bayonnomasi imzolandi

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Germaniya Federal Taʼlim va tadqiqot vazirligi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy hamkorlik boʻlimi boshligʻi Gabriele Xermani bilan uchrashdi.

    Tomonlar Germaniya Federal Taʼlim va tadqiqot vazirligi (BMBF) va Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻrtasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirilishi holatini muhokama qildilar. Shuningdek kelajakdagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, ilmiy tashkilotlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha birlamchi kelishuvlarga erishdilar.

    Uchrashuv davomida ikki vazirlik oʻrtasida Kelishuv bayonnomasi imzolandi.

    • view_icon 336