O‘zbek-Eron forumi boshlandi
2023-10-16 11:10:00 / Yangiliklar
Haftalik doirasida ilk tadbir – O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumi o‘z ishini boshlandi. Tadbirni Savdo-sanoati palatasi raisi o‘rinbosari Ravshan Otaboyev ochib berdi:
– Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari jadallik bilan rivojlanmoqda. Ishbilarmon doiralar bilan aloqalarda mamlakatlar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Joriy yilda amalga oshirilgan tashriflar va imzolangan tegishli hujjatlar ikki davlat aloqalarining yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi. Eron ishbilarmon doiralarini biznes yuritish uchun O‘zbekistonda kutamiz va qo‘shma korxonalar ochish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz.
O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumida Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar, ilm-fan vakillari hamda 100 nafardan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
– Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalariga davlatlar rahbarlari darajasida e'tibor qaratilmoqda. Biz hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi hamda IT sohasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu hamkorlikning samarali natijasi o‘laroq Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyining ochilishini ko‘rsatish mumkin, - dedi Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Xosseyn Parvarish.
“InnoWeek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi ertaga, 17-oktabr kuni, soat 10:00 da "Alpomish" muz saroyida o‘tkaziladi.