audio

    16+
    Kon-geologiya vaziri Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

    2023-yil 13-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tog‘-kon va geologiya vaziri Bobir Islomov Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar energetika, geologiya va yer qaʼridan foydalanish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash bilan bogʻliq keng koʻlamli masalalarni muhokama qildilar.

    Axborot va maʼlumotlar almashish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek YUNESKOning “Transchegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish” (GGRETA) xalqaro gidrogeologik dasturi loyihasi doirasida Toshkent yaqinidagi transchegaraviy suv qatlamini gidrogeologik monitoring qilish sohasida hamkorlikni faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

    Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, vakolatli davlat organlari va ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkillashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    • view_icon 485