audio

    16+
    Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Qatar Davlatining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar munosabatlarida toʻxtalib, soʻnggi yillardagi ikki davlat oʻrtasida shakllangan doʻstona aloqalar va hamkorlikni yuqori bosqichga koʻtarilganini eʼtirof etishdi.

    Joriy yilning 5-6-iyun kunlari Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Xamad Ol Soniy Hazratlarining Oʻzbekistonga hamda mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2-3-oktyabr kunlari Qatarga davlat tashriflari jarayonida erishilgan kelishuvlar va belgilangan vazifalar davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarining yangi davri boshlanganidan dalolatdir.

    Shu jumladan, yurtimiz rahbarining Qatarga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki davlat ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumi huquqni muhofaza qilish masalasidagi hamkorlikni rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshishi alohida taʼkidlandi.

    Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Qatar Davlatining ichki ishlar organlari oʻrtasidagi aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek oʻzaro tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

    Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

    • view_icon 534