ISSVda “Tatneft” OAJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-12-18 09:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Tatneft” OAJ bosh direktori Nail Maganov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida kompaniyaning mamlakatimizdagi loyihalarining bugungi holati va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xususan, kompaniyaning kimyo sanoatidagi faoliyati atroflicha muhokama qilindi. Obyektlarni muvaffaqiyatli ishga tushirish va rejalashtirilgan quvvatlarga chiqarishga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni kengaytirishga sobit qolishlarini bildirib, muhokama qilingan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan samarali hamkorlik qilish mexanizmini ishlab chiqdilar.