Chendu shahrida Markaziy Osiyo va Xitoy tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishining 5-davrasi bo‘lib o‘tdi
2024-12-03 09:55:00 / Yangiliklar
2024-yilning 30-noyabr kuni Chendu shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy vazirlari uchrashuvining 5-raundida ishtirok etdi.
Uchrashuv va tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi farovonligini oshirish va mintaqa mamlakatlarida uzoq muddatli farovonlikni ta’minlashda iborat. Muhokamalar chog‘ida ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Xitoyning Birinchi sammitida erishilga kelishuvlarni amalga oshirish va 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik ko‘rishni muhokama qildilar.
Tyanfu-Sichuan transchegaraviy avtomagistrali bo‘ylab Markaziy Osiyoga 5000-yuk karvonining va 500-poyezdning yuborilishi iqtisodiy va transport aloqalarini yanada mustahkamlaydi.