Markaziy Osiyo - Xitoy qishloq xoʻjaligi vazirlarining birinchi uchrashuvi natijalari
2023-09-20 10:05:00 / Yangiliklar
2023-yil may oyida davlat rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo-Xitoy Sammitida uni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishilgan edi.
Vazirlar uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari agrosanoat sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, sanoat kompleksi, savdo-iqtisodiy munosabatlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda soha va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi salohiyatining barqaror o‘sishiga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha delegatsiyalar rahbarlari 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha yaqin hamkorlikni ko‘zda tutuvchi “Markaziy Osiyo-Xitoy platformasi doirasida qishloq xoʻjaligi sohasida sarmoyaviy va savdo hamkorligini mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini birgalikda taʼminlash va qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish boʻyicha Qoʻshma bayonotni”ni qabul qildilar.