Ko‘hna Samarqandda xalqaro anjuman ish boshladi
2023-09-07 11:15:08 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-8-sentabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev anjuman qatnashchilariga murojaat yo‘lladi. Uni Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda dunyoning 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmon hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida ishtirokchilar tomonidan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.