Indoneziya Respublikasi turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2024-10-03 09:20:00 / Yangiliklar
2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov va Indoneziya Respublikasi turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiagi Salahuddin Uno o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi, yashil energiya, turizm va oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi va tegishli chora-tadbirlar kelishib olindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishga kelishildi.