Asosiy kontentga o'tish

“Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi” ochildi

2024-09-24 14:05:00 / Yangiliklar

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida “Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu markaz Italiyadagi ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz joriy etish orqali O‘zbekistonda mashinasozlik, to‘qimachilik, mashinasozlik, charmsozlik sohalarida ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, tajriba loyihalari, ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarni tarqatish, ikki davlatlarning xususiy sektorini jalb qilgan holda ko‘zda tutilgan tarmoqlarda Italiya-O‘zbekiston sarmoyalari va qo‘shma korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Markazda talabalar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradilar.

Shuningdek, yoshlar eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borgan holda kasbiy ko‘nikmalarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Markaz mamlakatimizdagi tekstel, charmsanoat va mashinasozlik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalarning muammolarini o‘rganadi va ularga yechim topishda amaliy ko‘maklashadi. Shuningdek, markaz yordamida yuqori malakali kadrlar tayyorlab boriladi. 

1424

“Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi” ochildi