Xalqaro forum doirasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda
2024-09-05 09:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, BMTning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) bosh direktori S.Dunyuy, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan 32 ta davlat, xalqaro moliya tashkilotlarining yuqori vakillari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, poytaxtimiz Toshkent shahriga ushbu nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etish maqsadida xorijlik mehmonlar tashrif buyurmoqda. Ayni daqiqalarda forum dasturi bo‘yicha Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan kelgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dunyuyni kutib oldi.
FAO rahbari xalqaro forum doirasida bir qancha rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi va qator qishloq xo‘jaligi obyektlari faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

