"Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat" tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar
2024-06-13 16:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi ""O‘zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, "Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat" tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda, Bosh vazir o‘rinbosari Mahkamova Zulayxo Bahriddinovna, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan rahbar va professorlar ishtirok etdilar.
Qatnashchilarga, "Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar", "Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori" mavzularida tushuntirish berilib, Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga egaligi, ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekanligi haqida fikrlar bildirildi.