Koreyaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabul qildi
2024-06-13 21:00:00 / Yangiliklar
Mazkur forumda ishtirok etish uchun ayni paytda mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreyaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov qabul qildi.
Xususan, Koreya Eksimbanki prezidenti Yun Xi Son bilan ikki tomonlama uchrashuvda transport, “yashil” energetika va mineral resurslar, ta’lim, tibbiyot va boshqa yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.
__________
“Korea District Heating Corporation” bosh direktori Jeong Yong Ki bilan uchrashuvda hamkorlikda kogeneratsion texnologiyalar hamda markazlashgan issiqlik ta’minotini takomillashtirish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va davlat-xususiy sherikligi tamoyili asosida boshqarish singari masalalar atroflicha muhokama qilindi.