Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
2024-05-17 09:15:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.
Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.
Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.