Qirg‘iziston Bosh vaziri Toshkentga keldi
2024-05-02 11:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 2-may kuni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi dasturidan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining o‘n birinchi yig‘ilishida ishtirok etish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
