O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi
2024-04-20 09:50:00 / Yangiliklar
Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjatda Mudofaa, Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Transport va boshqa bir qator tegishli vazirlik hamda idoralar insonparvarlik yordami yukini shakllantirish, yetkazib berish va topshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi sifatida belgilangan.
Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib beradi.
15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.