Sariosiyoda harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi
2025-07-28 19:45:00 / Yangiliklar

Ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining eng olis hududlaridan biri boʻlgan Sariosiyo tumanining Xurshid mahallasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida oʻtkazildi.
Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar aholiga xushkayfiyat ulashish, eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – mustaqillik shukuhini xalqimiz orasida keng targʻib etish ishlarida jonbozlik koʻrsatmoqda.
Dastlab “mahalla yettiligi”, nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul va profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda aholini qinayotgan masalalar va takliflar tinglandi.
Bayram tadbirining ikkinchi qismida harbiy orkest va xonandalarning kuy-qo‘shiqlari barchada birdek taassurot qoldirdi. Vatan tinchligini asrash, uning har qarich yerini koʻz qorachigʻidek himoya qilish kabi ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan film namoyishi esa yoshu qarini birdek toʻlqinlantirdi.
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida oʻtkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik bayram tadbirlari rejaga asosan viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham davom etmoqda.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni






