Artilleriya — olovli qalqon
2025-03-17 12:30:00 / Yangiliklar

Unda barcha bo‘g‘in komandirlaridan iborat harbiy xizmatchilar ishtirok etib, mutaxassisligi bo‘yicha o‘z yo‘nalishlarida yuqori bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Artilleriyadan otish va o‘t ochishni boshqarish tajribasi har qanday vaziyatda to‘g‘ri taktika qo‘llash, ilg‘or texnologiyalar yordamida aniq va samarali zarba berish orqali nishonlarni tezkor yo‘q qilish va muvaffaqiyatga erishishning samaradorligini belgilaydi.
Konkursda harbiy xizmatchilarning artilleriya bo‘linmalarida aniq va samarali otish, jangovar vaziyatni tahlil qilish va tezkor qaror qabul qilish, artilleriya olovini aniq va samarali boshqarish, jangovar vaziyatni baholash va tezkor qaror qabul qilishni rivojlantirish, ayro razvedka orqali dushman nishonlarini aniqlab, koordinatalarni hisoblash, artilleriya ekipajlari otish masofasi, burchak va boshqa parametrlarni ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar orqali nishonlarni aniq kuzatish va otish natijalarini baholash tizmini takomillashtirish borasida bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rin Markaziy harbiy okrugga nasib qilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Toshkent harbiy okrugi egalladi. 3-o‘ringa esa Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug artilleriya mutaxassislari munosib ko‘rildi.
Mudofaa vazirligi Artilleriya boshqarmasi tomonidan g‘oliblar diplom, esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






