Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!
2025-02-13 17:40:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, musobaqa Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Tanlovda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi hamda oliy ta’lim muassasalaridan jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqada jami sakkiz jamoa ishtirok etib, uchta shart davomida mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi – g‘azal va ruboyilarining ilmiy talqini xususidagi savollariga atroflicha javob berib, ikki buyuk siymo qalamiga mansub asarlaridan parchalar namoyish etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini va iqtidorlarini namoyish etib g‘oliblik uchun kurashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga quyidagicha:
- Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyining “Adolat” jamoasi — 1-o‘rin;
- Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismning “Boburiy bahodirlar” jamoasi — 2-o‘rin;
- Jizzax garnizonidagi harbiy qismning “Samo lochinlari” jamoasi — 1-o‘rin.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati