“Vatanparvar” tashkiloti “Kod 95” guvohnomasi bo‘yicha o‘qitishni boshlaydi
2025-02-12 17:45:00 / Yangiliklar

Xususan, ular tashkilotning Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Chilonzor tumani O‘quv sport texnika klubida bo‘lib, u yerdagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘quv moddiy texnik базаси bilan tanishdilar
O‘quv muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sinfxonalarning zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan jihozlanganligi hamda tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq qurib bitkazilgan o‘quv avtodromi tashrif buyuruvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Tomonlar yaqin kunlarda “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv muassasalarida haydovchilik bo‘yicha tahsil olayotgan fuqarolarni “Kod 95” guvohnomasi bo‘yicha o‘qitishni boshlash masalalarini muhokama qildilar.
“Kod 95” bu Yevropa Ittifoqida yuk mashinalari va avtobuslar haydovchilari sifatida ishlash istagida bo‘lgan insonlar o‘qib ega bo‘lishi majburiy bo‘lgan sertifikatdir. “Kod 95” sertifikatisiz Yevropa Ittifoqida yo‘lovchi va yuk tashuvchi transporti vositalarini boshqarish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning sentabr oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu memorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu hujjatda o‘qish davomida fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini keng targ‘ib etish va ularda vatan tuyg‘usi sifatlarini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati