Qo‘mondonlikda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2025-02-01 13:05:00 / Yangiliklar
Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikda Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan “Yangi O’zbekistonni albatta yoshlar bilan quramiz!” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan yoshlar dast avval harbiy qismdagi adiblar bog‘i, muzeylar, o‘quv mashg‘ulot xonalari, fitness zallari bo‘ylab sayohat qilib, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuvda qo‘mondonlik rahbariyati tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan e’tibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritilib, harbiy oliy ta’lim muassalariga o‘qishga kirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Ochiq muloqot va samimiy suhbat tarzida o‘tgan tadbir so‘ngida yoshlarga harbiy qism qo‘mondonligini esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





