Eng munosiblar e’tirof etildi
2024-12-24 19:40:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimligi, yoshlar ishlari agentligi hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etib yoshlarda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda milliy armiyamizning o‘rni va roli beqiyos ekanligi haqida so‘z yuritishdi.
Shuningdek, Vatanimiz ravnaqi va yurtimiz kelajagi uchun har jabxada ilg‘or bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz milliy boyliklarimizni o‘z ko‘z qorachig‘idek asrab, xizmat davomida boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan harbiy xizmatchilarning sadoqatini e’tirof etishdi.
Tantanali marosimda bir guruh harbiy xizmatchilar turli yo‘nalishda ya’ni “Yilning Eng yaxshi soqchisi” (Ayol harbiy xizmatchisi), Eng yaxshi soqchisi” (Erkak harbiy xizmatchisi), “Yilning Eng yaxshi seksiya komandiri”, “Yilning Eng yaxshi guruh komandiri”, “Yilning Eng yaxshi qo‘riqlash vzvodi”, “Yilning eng yaxshi obekt komendanti”, “Yilning eng yaxshi kitobxon harbiy xizmatchisi”, “Yilning eng yaxshi yoshlar bilan ishlash faoli”, “Yilning eng yaxshi harbiy ustoz”, “Yilning eng yaxshi namunali harbiy oilasi”, “Yilning eng yaxshi harbiy sportchi ofitseri” hamda “Yilning eng yaxshi harbiy sportchi serjanti” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
Tadbirning badiiy qismida qo‘mondonlik badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan “Jadidlar” nomli sahna ko‘rinishlari, "Zarb" doirachilar ansambli va bolalar raqs ansambllarining chiqishlari namoyish etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







