“Men kasaba uyushmasi a’zosiman!”
2024-11-11 14:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari faoliyatida yangicha ish tizimlari joriy etilayotgani, ayniqsa, bugungi kunda respublikamizdagi davlat va nodavlat tashkilotlarining kasaba uyushmalari qo‘mitalari tomonidan xodimlar ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularning haq-huquqlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar olib borilayotgani to‘g‘risida fikr yuritdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga kasaba uyushmalari faoliyatidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida tashkilot Markaziy kengashida alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan hamda ushbu dargohda bir necha yil davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasida faoliyat olib borgan bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirdan so‘ng sana munosabati bilan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazildi. Jumladan, xodimlar pnevmatik quroldan o‘q otish, badminton, stol tennisi, darts va bilyard sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda o‘zaro bellashdilar.
Yakunda g‘oliblar va sovrindorlar munosib taqdirlandi.




