“OKMK” AJ ESG reytingini oldi
2025-02-19 17:10:00 / Yangiliklar
Sustainable Fitch reyting agentligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga ESG Entity Rating “3” darajali reytingini (56 ball) berdi.

Bu kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini, shuningdek, ijobiy boshqaruv va ekologik profilini, tog‘-kon va metallurgiya sanoatiga xos ekologik muammolarni hisobga olgan holda muvozanatlashtirilganligini aks ettiradi.
Baholash kompaniyaning talablarga muvofiqligi, tasnif(taksonomiya)larga rioya qilishi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi va ESG mezonlarini biznes, strategiya va boshqaruvga integratsiya qilishini qamrab oladi.