“O‘zbekko‘mir” AJga tashkil qilingan press-tur haqida
2025-02-18 17:10:00 / Yangiliklar

Press-tur jarayonida “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan respublika koʻmir sanoati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida maʼlumotlar berildi.
OAV vakillari Angren konida koʻmir ustki qatlamini ochish, koʻmir qazib olish, saralash va isteʼmolchilarga yuklash jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir davomida mahalliy koʻmir sifati, xonadon sharoitida ko‘mirni to‘g‘ri saqlash, undan foydalanish qoidalari haqida tavsiyalar berildi. Kon ochish jarayonida ko‘mirdan tashqari soz tuproq, ohaktosh, qizg‘ish, kulrang va ikkilamchi kaolinlar hamda noruda materiallari qazib olinishi, mazkur foydali qazilmalarni to‘plash, saralash, boyitish orqali qurilish materiallari, keramika chinnisozlik sohalari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish mumkinligi ta’kidlandi.
Press-turda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga “O‘zbekko‘mir” AJ rahbarlari, mas’ul xodimlari tomonidan javob va tushuntirishlar berildi.