Prezident Qarorida belgilangan investitsiya dasturini amalga oshirish mavzusida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri o‘tkazildi
2025-02-18 15:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazir o‘rinbosari U. Yusupov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi vakili T. Asanov hamda tizimosti tashkilot va korxonalarda investitsiya loyihalariga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar, investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yoritib berildi.
Shuningdek, Turkiyaning “Multinational Mine Group” kompaniyasi direktori A. Marashli tomonidan Toshkent viloyatidagi “Qoratog‘” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar va loyihani ishga tushirish orqali erishiladigan natijalar to‘g‘risida taqdimot qilindi.