Kon-geologiya vazirligi va tizimdagi tashkilotlar tomonidan 2024-yil davomida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot
2025-02-07 17:35:00 / Yangiliklar
2024-yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tashkiliy tuzilma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga jami 14657 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4629 tasi og‘zaki, 2956 tasi yozma, 497 tasi elektron murojaatlar.

Prezident virtual qabulxonasi orqali jami 3931 ta, ishonch telefonlarida 2523 ta hamda veb-saytlar orqali 121 ta murojaat qabul qilingan.
Nazoratga olingan murojaatlarning ko‘rib chiqish holatlari bo‘yicha statistikada 95,1 foizi qanoatlantirilgan va tushuntirishlar berilgan, 0,7 foizi takroriy, 1,8 foizi rad etilgan, 0,3 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 foizi tugatilgan.