Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlari yaroqli holatga keltirildi
2025-01-16 16:16:00 / Yangiliklar
Jumladan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga 2024-yil davomida foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 2 000 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilinishini taʼminlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
Yer qaʼridan foydalanish oqibatida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish hamda ularning unumdorligini tiklash ishlarini tashkil etish va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha taʼsirchan nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2024-yilning 15-dekabr holatiga respublika hududida foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan jami yer maydonlari 4811,1 gektarni tashkil etib, shundan 2034,4 gektar buzilgan yer maydonlari yaroqli holatga keltirilgan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida Kon-geologiya vazirligiga 2 075 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish vazifasi belgilanmoqda.