Kon-geologiya vazirligida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-15 17:30:00 / Yangiliklar
2025-yil 15-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov Jahon banki vakillari Remi Pelon hamda Fransisko Igualada bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda sanoat uchun muhim minerallar sohasida samarali hamkorlikni davom ettirish, muhim metallar xomashyosining mavjud zaxiralaridan samarali foydalanish, ularni chuqur qayta ishlash masalalari muhokama qilindi. Vazir o‘rinbosari yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning asosiy maqsad-vazifalari, rejalariga to‘xtalib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekistonda sanoat uchun muhim minerallar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.