Asosiy kontentga o'tish

OKMK konlarida Texnogen seysmiklikni monitoring qilish tizimi joriy etildi

2025-01-14 16:50:00 / Yangiliklar

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tasarrufidagi Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qobig‘ining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur monitoring qilish tizimi orqali qattiq foydali qazilmalar qazib olinadigan hududlarda texnogen seysmiklik namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va qazib olish ishlari bilan bog‘liq seysmik hodisalarni o‘rganiladi.

Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan seysmostansiyalarning lokal tarmog‘ini yaratish, seysmik rejim parametrlari bazasini o‘rganish hamda geofizik kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish yordamida monitoring hududini deformatsion kuchlanishi o‘zgarishlarini prognoz qilish ushbu tizimning asosiy maqsadi sanaladi.

Monitoring tizimini ishga tushirish maqsadida, Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida 4 ta seysmik va 1 ta magnitometrik kuzatuv stansiyalaridan iborat lokal kuzatuv tarmog‘i yaratildi.

Shuningdek, mazkur hududda 9 ta o‘lchov nuqtasidan iborat magnitometrik profil o‘lchovlari tashkil etildi. Seysmik va geofizik kuzatuvlar davom ettirilmoqda.

1038

Oxirgi yangilanish: 2025-01-14 18:44:38

OKMK konlarida Texnogen seysmiklikni monitoring qilish tizimi joriy etildi