Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari “Navoiyuran” DKda fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2024-12-20 16:30:00 / Yangiliklar
“Navoiyuran” davlat korxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli rejasiga muvofiq Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov ishtirokida korxona ishchi-xodimlari va fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy masalalardagi bir qator murojaatlari eshitildi.
Murojaatlar tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.