Yite Holdings kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
2024-12-11 16:30:00 / Yangiliklar
2024-yil 11-dekabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir oʻrinbosari U.Yusupov boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining “Yite Holdings” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo togʻ-kon sanoati 3-xalqaro kongressi hamda koʻrgazmasi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Muzokaralarda istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.