O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoati 3-xalqaro kongressi hamda ko‘rgazmasi boshlandi
2024-12-10 15:15:00 / Yangiliklar
Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchi korxonalari rahbarlari, investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari, sohaning vakolatli organlari, nazorat organlari, ishlab chiqaruvchilar, uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchi, injiniring, qurilish-loyiha kompaniyalarining vakillari ishtirok etmoqda.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov kongressni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlis, sessiyalarda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kongressda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari dolzarb mavzulardagi taqdimot va ma’ruzalari bilan chiqishlar qilishdi.