Zarafshon shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining doimiy vakili faoliyat yuritmoqda
2024-12-03 16:53:00 / Yangiliklar
Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi bosh inspektori A.Abdushukurov Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ridan foydalanish sohasi bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer osti boyliklaridan foydalanishda huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, oldini olish va profilaktika o‘tkazish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Zarafshon shahridagi doimiy vakili etib tayinlangan.
Inspeksiya vakili Zarafshon shahar hokimligi binosida ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.
Xususan, joriy yilning noyabr oyida Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hamda yer qa’ri foydalanuvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Billur Kvarts” MChJga “Altintau” kvarts-kaolin konining 2-3-4-uchastkalarida olib borilgan qo‘shimcha o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Inspeksiyaning tegishli xulosasini olishida amaliy yordam berildi.