Kon-geologiya vazirligi mutaxassislari Olmaotada oʻtkazilgan seminarda ishtirok etishdi
2024-11-22 17:05:00 / Yangiliklar
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Suv muammolari instituti hamda Ekologiya vazirligi tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, gidrogeologiya, gidrologiya va gidrometriya boʻyicha mutaxassislar qatnashdi.
GARDENIA dasturiy taʼminoti boʻyicha nazariy (dasturiy taʼminot strukturasi, kiruvchi maʼlumotlar turlari, olinadigan natijalar) va amaliy (Oʻzbekistonning Toshkent viloyati boʻyicha gidrogeologiya, gidrologiya va gidrometriya monitoringi maʼlumotlari, ularni modellashtirish, kelgusi 5, 10, 20 va 30 yilda bashoratlash) ishlar amalga oshirilib, uni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari muhokama qilindi.