Energiya resurslarini tejash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari haqida tadbir bo‘lib o‘tdi
2024-11-14 17:25:00 / Yangiliklar
2024-yil 14-noyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti A.Po‘latov mavzu yuzasidan ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etdi.
Ishtirokchilar energiya tejamkorligiga erishishning samarali usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ma’ruzachi tomonidan mavzu yuzasidan xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.