“Navoiyuran” DK: “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida
2024-11-14 16:35:00 / Yangiliklar
“Navoiyuran” DK tasarrufidagi “Uran va noyob metallar geologiyasi” IIChMga qarashli “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi o‘zining geologiya-qidiruv ishlari orqali Qiziltepa, Koson, Muborak va Nurobod tumani hududlaridagi Ziyovuddin va Qoratepa tog‘larining yon bag‘rilaridagi uranga istiqbolli hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.
Bashorat tematik loyihalari doirasida olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlari natijalari asosida yangi istiqbolli maydonlar aniqlanadi.
Ekspeditsiya xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida Nurobod tumani va Qiziltepa tumanida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan ma’danli maydonlarida burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasidagi 10 ta burg‘ilash qurilmalari yordamida 2023-yilda 170 ming pogona metr burg‘ilash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni joriy yil yakunigacha 240 ming pogona metrga yetkazish rejalashtirilgan.