Yevropa ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2024-11-07 16:50:00 / Yangiliklar
Uchrashuv avvalida vazir o‘rinbosari Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi Muhim foydali qazilmalarni qayta ishlash zanjirini yaratish boʻyicha hamkorlikni boshlash, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi yillardagi islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar, qonunchilik me’yorlarining soddalashtirilgani, yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” qonunning qabul qilingani haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, bugungi kunda litiy, mis, grafit, tantal, niobiy va magniy konlarida geologik qidiruv ishlarini yakunlamoqdamiz. Xususan, zaxiralarni xalqaro JORC standartlari boʻyicha baholash, xalqaro sertifikatlangan laboratoriyalarda analitik tadqiqotlar oʻtkazish, metallarni sinovdan oʻtkazish, oqilona texnologik reglament va loyiha hujjatlarini (FS) ishlab chiqish boʻyicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi muhim minerallar sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlandi.
Yevropa ittifoqi elchisi va delegatsiya vakillari kelgusida qilinadigan ishlar “yo‘l xaritasi”ni belgilab olish, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilish taklifini qo‘llab-quvvatladi.