Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv xususida
2024-11-04 16:05:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi vakillari Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Illkka Raisanen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “O‘zbekistonda milliy farovonlik uchun tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni kuchaytirish” mavzusidagi hamkorlik loyihasi yakunida erishilgan natijalar hamda mazkur ishlarni davom ettirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.