Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan aloqalar mustahkamlandi
2024-09-20 17:50:00 / Yangiliklar
Joriy yil 20-sentabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri birinchi oʻrinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning Oʻzbekistondagi rahbari Yoaxim Frits, “Yashil Markaziy Osiyo” dasturi rahbari Karolina Milov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Davlat suv kadastrini yuritish, Markaziy Osiyoda yer osti suvlari boʻyicha yagona boʻlgan waterbase.uz axborot tizimini ishlab chiqish va suv resurslarini muhofaza qilishda iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan koʻplab loyihalar amalga oshirilganligi qayd etildi.
Kelgusida yer osti suvlari boʻyicha aniq loyihalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.