“O‘zbekgeofizika” AJ: Niyoz-5 qudug‘ida kon-geofizika ishlari amalga oshirildi
2024-08-27 14:50:00 / Yangiliklar
“O‘zbekgeofizika” AJ “Amirobod KGE” filialining kon-geofizika otryadi tomonidan Niyoz-5 izlov qudug‘ida kon-geofizika ishlarining to‘liq majmuasi bajarildi.
Kon-geofizika ishlari malakali karotaj mutaxassislari tomonidan zamonaviy quduq geofizik uskunalar qo‘llagan holda amalga oshirildi.
Olingan maʼlumotlar geologiya bo‘limida talqin (interpretatsiya) qilinib, natijasi bo‘yicha buyurtmachiga tegishli xulosa berildi.