Geologiya fanlari universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
2024-08-22 17:30:00 / Yangiliklar
2024-yil 22-avgust kuni Geologiya fanlari universitetida “Mineral resurslar instituti” DM tomonidan tashkil etilgan “Foydali qazilma konlarini geologik, mineralogik o‘rganish, ularni qazib olish, boyitish va foydali komponentlarini ajratib olish texnologiyalarining innovatsion yo‘nalishlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 4 ta seksiya bo‘yicha “Foydali qazilma konlari geologiyasi istiqbolli maydonlarni prognozlash usullari”, “Konlar mineralogiyasi, geokimyosi, genezisi, strukturaviy, tektonik tuzilishi va boshqa bashoratlash mezonlari”, “Ma’danlarni qayta ishlash va ulardan foydali komponentlarni ajratib olishning innovatsion texnologiyalari” va “Foydali qazilma konlarini qazib olishda yangi texnologiyalar” kabi mavzularidagi taqdimotlar hamda muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, uning tizimosti korxona va tashkilotlari vakillari, mahalliy va xorijlik mutaxassislar, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.