Mansab vakolatini suiste’mol qilib davlatga zarar yetkazgan holda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi
2024-08-22 16:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati Namangan tuman sudida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan mansab vakolatini suiste’mol qilib noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan F.P. ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga asosan F.P. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi hamda umumiy miqdorda 278,3 mln so‘mlik zararni Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi foydasiga undirilishi haqida qaror chiqarildi.