Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasining 2023-yil natijalari boʻyicha Yillik axborotnoma eʼlon qilindi
2024-08-13 17:50:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi O‘zbekistonning kon-geologiya sohasidagi asosiy oʻzgarishlar, erishilgan natijalar va istiqbollariga oid 2023-yil uchun Yillik axborotnoma tayyorladi.
Yillik axborotnomada togʻ-kon sanoatining milliy iqtisodiyotdagi oʻrni, jumladan uning yalpi ichki mahsulot, bandlik va eksportga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida maʼlumot aks ettirilgan.
Shuningdek, mazkur axborotnomada geologiya qidiruv sohasida amalga oshirilgan ishlar, ESG tamoillarida dolzarb masalalardan biri boʻlgan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan saʼy-harakatlar hamda togʻ-kon sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha kelgusi maqsadlar va investitsiyalar boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
2023-yil natijalari boʻyicha Yillik axborotnoma bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.