Chaqmoqtosh maʼdanli maydonida yer usti, yer osti burgʻilash ishlari olib borilmoqda
2024-08-07 17:30:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Qurama togʻining shimoli-gʻarb qiyaligida joylashgan Chaqmoqtosh maʼdanli maydonida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi tomonidan yillik rejaga asosan yer usti burg‘ilash, yer osti lahm o‘tish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ekspeditsiya geofizika partiyasi tomonidan burgʻilangan quduqlarda geofizik oʻrganishlar o‘tkazilmoqda.
Burgʻilash natijasida olingan kern namunalari Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasidagi laborotoriya kompleksiga tahlil uchun taqdim etilmoqda.