Surenota tog‘-kon kompleksi qurilishiga start berildi
2024-07-19 12:50:00 / Yangiliklar
2024-yil 18-iyul kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida Surenota tog‘-kon kompleksi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hokimligi rahbarlari, tuman rahbar va mutasaddilari, shuningdek “Limaomaoli Metal Company” MChJ rahbari ishtirok etishdi.
Surenota kompleksining ishga tushirilishi natijasida yiliga 2,4 million tonna ruda xomashyosi ishlab chiqariladi. Majmua yiliga 1 million tonna temir ruda konsentrati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Temir rudasini qazib olish loyihasiga 50 million AQSh dollari investitsiya qilinishi, pirovardida 400 – 500 yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.